
18-may kuni soat 14:00 da “EXPO Hall”da Alibek Kabdurahmanov dirijyorligidagi O‘zbekiston milliy simfonik orkestri va Rihter triosining gala-konserti bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi sizlarni Osaka shahridagi “EXPO 2025” doirasida bo‘lib o‘tadigan va O‘zbekistonning boqiy badiiy merosi hamda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni namoyish etadigan maxsus gala-konsertga taklif etish sharafiga muyassardir.
Konsert dasturida ikki mamlakat musiqiy an’analarini o‘zida mujassam etgan asarlar, jumladan, mazkur betakror badiiy muloqotni tarannum etuvchi maxsus bastalangan asarning jahon premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etish bepul
Ishtirok etishni istasangiz, quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting
https://forms.gle/ZbcbQNRf6yJFN4LF8
Tadbir o‘tkaziladigan joy EXPO-2025 Osaka-Kansai Expo maydonida joylashgan. Shuning uchun barcha ishtirokchilar "EKSPO-2025"ga chipta sotib olishlari shart.
Ro‘yxatga olish varaqasi har bir ishtirokchi tomonidan alohida to‘ldirilishi kerak.
Alibek Kabdurahmonov: Milliy simfonik orkestrning bosh dirijyori, u O‘zbekiston musiqa san’atining yetakchi vakili bo‘lib, zamonaviy kompozitsiyalar va mashhur teatr spektakllarini targ‘ib qilish bilan tanilgan.
O‘zbekiston milliy simfonik orkestri: 1937-yilda tashkil etilgan orkestr Markaziy Osiyodagi yirik madaniyat muassasasi bo‘lib, jahon miqyosida faoliyat yuritadi va o‘zbek klassikasidan tortib zamonaviy asarlargacha bo‘lgan repertuarni o‘z ichiga oladi, yoshlar tarbiyasi va tomoshabinlarni jalb qilishga katta e’tibor qaratadi.
Kirill Richter & Richter Trio: Kirill Richter butun dunyo bo‘ylab e’tirof etilgan zamonaviy klassik asarlarini, jumladan, global tadbirlar, yirik festivallar va Deutsche Grammophon ostida chiqarilgan partituralarni ijro etishda Richter triosida yetakchilik qiladi.