
“EXPO 2025” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioniga EXPO 2025 uyushmasi katta maslahatchisi, Yaponiya Milliy etnologiya muzeyi faxriy professori Kenji Yoshida tashrif buyurdi.
Pavilion bo‘ylab sayr chog‘ida u o‘zbek xalqining boy tarixi va madaniyatini ta’kidlab, yurtimiz ko‘shkining maftunkor dizayni va g‘oyasi, ayniqsa, “EXPO”ga tashrif buyuruvchilarining diqqat markaziga aylangan mahobatli ayvon me’rmochiligiga alohida to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston pavilioni O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy almashinuvning jo‘shqin timsolidir.
Kenji Yoshida, shuningdek, 2026-yil mart oyida Osaka shahridagi Milliy etnologiya muzeyida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li bo‘ylab savdogarlar tarixi” arxeologik ko‘rgazmasining ochilishiga urg‘u berdi.
Tashrif yakunida mehmon Faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining iliq so‘zlari bitilgan nomasini yozib qoldirdi va yaqin kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirdi.